Davlat OTMlarida yo‘nalishlar bo‘yicha kontrakt narxlari (2024-2025)

➡️ BATAFSIL
Davlat OTMlarida 2024/2025-o‘quv yili uchun kontrakt narxlari tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatlari e’lon qilindi. Narxlar kunduzgi, sirtqi, masofaviy, kechki va ikkinchi mutaxassislik shakllariga ajratilgan.
Kontrakt narxlari yo‘nalishlar kesimida (bazaviy, stipendiyasiz)
I. Gumanitar soha
-
Pedagogika – kunduzgi: 7 400 000 so‘m, sirtqi: 8 623 000 so‘m
-
San’at – kunduzgi: 8 950 000, sirtqi: 10 330 000
-
Filologiya va tarjima nazariyasi – kunduzgi: 8 150 000, sirtqi: 9 444 000
-
Jahon siyosati – kunduzgi: 11 250 000, sirtqi: 12 856 000
II. Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
-
Sotsiologiya, psixologiya, jurnalistika – kunduzgi: 7 400 000
-
Iqtisod va xalqaro munosabatlar – kunduzgi: 10 500 000 – 11 250 000
-
Huquq – kunduzgi: 11 250 000
III. Ishlab chiqarish va texnik soha
-
Muhandislik – kunduzgi: 7 400 000
-
Kompyuter texnologiyalari, aloqa – 8 150 000 – 10 500 000
-
Arxitektura – 8 950 000
IV. Qishloq va suv xo‘jaligi
-
Qishloq xo‘jaligi, veterinariya – kunduzgi: 7 400 000
V. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
-
Tibbiyot – kunduzgi: 10 500 000, sirtqi: 12 030 000
-
Ijtimoiy ta’minot – 7 400 000
VI. Xizmatlar sohasi
-
Sport, transport, atrof-muhit muhofazasi – 7 400 000 – 8 150 000
Eslatma:
-
Bu narxlar bazaviy (stipendiyasiz) hisoblanadi. Stipendiyali shaklda o‘qish uchun belgilangan miqdorga 12 oylik stipendiya miqdori qo‘shiladi.
-
Ushbu narxlar 2024/2025-o‘quv yili uchun amal qiladi. Yangi o‘quv yili uchun narxlar qayta tasdiqlanishi mumkin.