Grantlar

Sovrin jamgʻarmasi 55 000 dollar boʻlgan xakaton

"Open Data Challenge 2021" xakatoniga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi!

1 557 ko'rish

Yangilangan:

Sovrin jamgʻarmasi 55 000 dollar boʻlgan xakaton

Joriy yilning 3-5 dekabr kunlari IT Park’da O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida YXHT’ning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, “Dubai Future Foundation” fondi, IT Academy, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi hamkorligida mukofot jamg‘armasi 55 000 AQSh dollarini tashkil qiluvchi "Open Data Challenge 2021" yangi xakatoni yoʻlga qoʻyiladi. Ushbu xakatonning maqsadi fuqarolarning ochiq ma’lumotlardan foydalanishga qiziqishini oshirish va rivojlantirish hisoblanadi.

“Open Data Challenge” yillik xakatoni– O‘zbekistonning axborot texnologiyalari, tadbirkorlik va iqtisodiyotida ochiq ma’lumotlarni rivojlantirishga qaratilgandir. Ochiq ma’lumotlar sohasi – iqtidorli yoshlar boshchiligidagi innovatsion loyihalar orqali O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish imkonini beruvchi vositadir.

Bu yil xakaton 4 ta yo‘nalishda – davlat, ijtimoiy va biznes sohalari hamda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha o‘tkaziladi. Hakatonda ishtirok etish uchun koʻrsatilgan to‘rt yo‘nalishdan biri bo‘yicha "One Million Uzbek Coders" onlayn kursini tamomlagani haqidagi sertifikat boʻlishi kerak . Har bir yo‘nalish bo‘yicha birinchi o‘rinlarga 11 000 AQSH dollari beriladigan boʻlib, sovrin egalariga esa sovg‘alar topshiriladi.

Bu yil "Open Data Cup", shuningdek, o‘tgan yilgi "Open Data Challenge" xakatonlarida (2018 yildan 2020 yilgacha) ishlab chiqilgan loyihalar uchun ham bo‘lib o‘tadi.

Batafsil maʼlumotni https://datahack.uz/ saytida topishingiz mumkin.

Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish tugallangandan so‘ng, xakaton moderatorlari tanlov shartlariga mos keladigan loyihalarni tanlab olishadi. Ochiq ma’lumotlar kubogi tanlovi g‘olibi 6 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotiga ega bo‘ladi.

Tanlovga ro‘yxatdan o‘tish havolasi uchun ushbu havolaga kiring.

Ulashish

Aloqador maqolalar

Grantlar

DTM natijasi chiqdi — endi nima qilaman?

Xalqaro Nordik Universiteti hali ham abituriyentlar uchun ochiq qabulni davom ettirmoqda. DTM balli yetarli bo‘lmaganlar ham universitetning ichki imtihoni, tanlov yoki akademik hujjatlar asosida talabalikka qabul qilinadi. O‘qish onlayn hujjat topshirish orqali tez va qulay tarzda amalga oshadi. 13 ta bakalavriat va 3 ta magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, zamonaviy kampuslar, chet ellik o‘qituvchilar va xalqaro imkoniyatlar taqdim etiladi. IELTS, CEFR yoki DTM balliga ko‘ra 10–50% chegir

27 114 ko'rish

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish