Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olsa bo‘ladimi?
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savollardan biri - aynan shu.
Ta’lim krediti berishga oid qonun hujjatlari qabul qilingan paytda hali qo‘shimcha kontrakt degan narsa yo‘q edi. Shu sababli bu masala normativ hujjatlarda aniq ko‘rsatilmagan.
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 26-iyuldagi 318-son qaroriga ko‘ra, ta’lim kreditlari tijorat banklari tomonidan OTMlarning kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan talabalarning o‘qishi uchun berilishi mumkin.
Bu yerda muhim joyi - «qabul qilingan» so‘zi. Qo‘shimcha kontraktda avval 100% lik to‘lov amalga oshiriladi, undan keyin oktyabr oylariga borib o‘sha abituriyentlarni qabul qilish haqida qaror chiqadi. Toki to‘lovni amalga oshirmaguncha ular talabalikka qabul qilingan hisoblanmaydi.
Shunga ko‘ra, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan.
Agar mabodo bo‘lgan taqdirda ham, banklar baribir bermasdi, menimcha. Chunki ta’lim krediti qayta moliyalash stavkasi bo‘yicha, ya’ni yillik 14% ga beriladi. Bu degani ta’lim kreditlari banklar uchun «nevigodno».
Shuningdek, ta’lim krediti uchun alohida katta resurslar ham ajratilmaydi, bunday sharoitda banklar bir necha yuz millionlab mablag‘ini 14% lik kreditga ajratishni xohlamasdi albatta.
Yuqoridagilarni inobatga olib, banklardan super-kontrakt uchun kredit olish amalda ushalmas orzu.
O‘zi 8 mln so‘mlik kontraktga kredit ololmay xalq sarson bo‘ladiku, 200 mlnga yo‘l bo‘lsin.
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.