Talabalarning o‘quv kurslari va to‘garaklardan topgan daromadlari soliqqa tortilmaydi

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 369-modda 1-qismi 9-bandiga ko‘ra, talabalarning o‘quv kurslari va to‘garaklardan olgan daromadlari jami daromad tarkibiga kiritilmaydi va soliqqa tortilmaydi. Bu haqda Talimxabarlari.uz xabar berdi.
Bunda, professional va oliy ta’lim muassasalari hududida ta’lim olayotgan o‘quvchilar va talabalar quyidagi faoliyatlar natijasida topgan daromadlari uchun soliq to‘lamaydilar:
— pullik o‘quv kurslarini tashkil qilish; — sport to‘garaklarini o‘tkazish; — boshqa ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish.
Agar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning daromadlar soliq davri davomida yuz million so‘mdan oshsa, unda ular yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan tartibda soliqqa tortiladi. Bunda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar ijtimoiy soliqni ham ushbu Kodeksda belgilangan tartibda to‘lashlari shart.