Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Talabalik sari yo‘l oldingmi? Unda bu maslahatlar sen uchun!

25-mart 10:13
Talabalik sari yo‘l oldingmi? Unda bu maslahatlar sen uchun!

Talaba bo‘lmoqchimisiz, unda, albatta, o‘qing!

Abituriyent – bu shunchaki imtihonga tayyorlanayotgan inson emas. U – hayotini o‘zgartirish uchun kurash yo‘liga chiqqan shaxs. Har kim odam bo‘lib tug‘iladi, ammo har kim ham inson bo‘lib yashamaydi.

Yaxshi inson bo‘lish – bu hech kimga yomonlik qilmaslik emas. Insonlik – bu loqaydlikdan yiroq turish, dangasalikka qarshi kurashish va o‘z hayotini o‘zgartirishga jur’at topishdir.

Unutma: harakat – tiriklikning belgisi.

Bugun sen abituriyentsan – bu talabalik sari birinchi qadam. Shunday ekan, har kuni o‘zingga quyidagilarni eslat:

📌 “Vaqtim yo‘q” dema! Agar hohish bo‘lsa, vaqt topiladi. Dunyoni boshqarayotgan odamlarning ham kunida 24 soat bor.

📌 “Eslab qololmayman” dema! Xotira – bu Alloh bergan ajoyib ne’mat. Undan foydalanishni o‘rgan. Xohlasang, yodlashing mumkin.

📌 “Tushunmayman” dema! O‘rganish va anglash qobiliyati faqat insonga berilgan. Senga ham!

Abituriyent bo‘lish – bu tashqi emas, ichki qaror. O‘z ustingda ishlash, vaqtni qadrlash, bilimga bo‘lgan e’tiborni oshirish orqali sen talabalik sari harakat qilasan.

✅ Bugun sening qaroring – ertangi kuningni belgilaydi.