Talabalik yillari ham ish stajiga qo‘shilishini bilasizmi?

Talabalik yillari faqat bilim olish davri emas, balki kelajakdagi pensiya hisobiga ham ta’sir qilishi mumkin. Ko‘pchilik bilmagan, ammo muhim bo‘lgan bu qoidani "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonun belgilab beradi.
Mazkur qonunning 37-moddasi “e” bandiga asosan, quyidagi ta’lim bosqichlarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olganlik ish stajiga qo‘shib hisoblanadi:
- Oliy ta’lim muassasalari (bakalavriat)
- Magistratura va klinik ordinatura
- Stajor-tadqiqotchi izlanuvchilar instituti
- Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti
- Tayanch doktorantura
- Doktorantura
- Chet elda tahsil olingan davrlar
Bu shuni anglatadiki, agar siz ushbu ta’lim bosqichlarini kunduzgi shaklda tamomlagan bo‘lsangiz, pensiyaga chiqishda ushbu yillar ham mehnat stajiga qo‘shiladi.
Agar ushbu qoidalar bo‘yicha batafsil ma’lumotga ega bo‘lishni istasangiz, rasmiy hujjatni quyidagi manzil orqali o‘qishingiz mumkin: Lex.uz