Ta’lim krediti nodavlat oliygoh talabalari uchun ham ajratiladi!
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Ta’lim krediti nodavlat oliygoh talabalari uchun ham ajratiladi!
Ayrim bank xodimlari fuqarolarga "xususiy oliygohlarga ta’lim krediti bermaymiz" deya noto‘g‘ri ma’lumot bermoqda. Bu davlat siyosatiga zid
Aslida, Prezidentning 2022-yildagi 323-sonli (manba) qaroriga muvofiq, ta’lim krediti O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan barcha xususiy, xorijiy va davlat oliy va professional ta’lim tashkilotlarida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga ajratiladi. Jumladan, PF-87-son (manba) Farmoniga binoan, xotin-qizlar uchun 0% (foizsiz), yigitlarga esa markaziy bankning asosiy (13,5%) stavkasiga ko‘ra ta’lim krediti beriladi.
Huquqingizni biling, bankirlarning bahonasiga yozma javob talab qiling! Bank xodimlari noto‘g‘ri ma’lumot berayotgan bo‘lsa, bu borada ularga qonuniy asosda javob berishni talab qilishdan qo‘rqmang.