Ilm-fandan yoki maqsadidan uzoqlashayotgan oliy ta’lim yoxud talaba o‘ziga o‘t qo‘ydi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
13-fevral kuni o‘zini yoqib yuborishi natijasida vafot egan talabaning qismati ko‘pchilikni ta’lim tizimdagi muammolarni yana bir bor muhokama qilishga majbur qildi. Xitoyda deyarli 5 yil davomida ilmiy tadqiqot ishi olib borgan olim Baxtiyor Sheraliyevning fikrlari bilan o‘rtoqlashmoqchimiz:
Mana so‘nggi 4 oydan beri O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan birida faoliyat yuritib kelmoqdaman. Undan avval Xitoyda deyarli 5 yil davomida ilmiy tadqiqot ishi bilan band bo‘ldim. Ayni vaqtda menda Xitoy va O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini ich-ichidan solishtirish, bizdagi muammolarning qayerda ekanligini tushunish, ularni tashxislash imkoniyati mavjud.
Men ayni vaqtda O‘zbekistondagi oliy ta’limni borgan sari botqoqqa botib borayotgan tuzilmaga o‘xshataman. Chunki botqoqlikka tushib qolganda qancha ko‘p harakat qilsangiz shuncha ko‘p botqoqqa botib boraverasiz. Sizni tashqaridan bir kuch kelib sug‘irib olmasa o‘zingiz hech qachon botqoqdan chiqib keta olmaysiz. Oliy ta’lim tizimimiz ayni vaqtda mana shunday holatda ketmoqda.
Men oliy ta’limdagi faoliyatni ikki qismga ajrataman: ilmiy tadqiqot va o‘quv jarayonlari. Ilmiy tadqiqot ishida oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari o‘z sohasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadi, sohasining mavjud muammolariga ilmiy asoslangan yechim izlaydi. Bu borada maqolalar chop etadi, turli ilmiy anjumanlarda ishtirok etadi, sohasi bo‘yicha ma’lumotlarni saralab, tizimlab o‘quv qo‘llanma yoki darslik ko‘rinishiga keltiradi va hokazo. O‘quv jarayonida esa oliy ta’lim muassasasidagi talabalarga ma’lum fanlardan dars beradi. Ularning kelajakda ma’lum bir mutaxassislik bo‘yicha ixtisoslashuviga ko‘maklashadi. Lekin ayni vaqtdagi oliy ta’lim tizimi ushbu ikki funksiyaning har ikkisini ham uddalay olmayapti. Nega? Keling, muammoga sabab bo‘layotgan omillarni bir chetdan sanab o‘taylik. Men bu yerda o‘zimning subyektiv qarashlarimdan kelib chiqqan holda yozaman. Men sanagan omillar boshqa bir mutaxassisning fikr va qarashlaridan farq qilishi mumkin.
Xullas, eng dastlabki omil bu universitetlarning karvon saroyga aylanib qolgani. Qo‘polroq qilib tushuntiraman: ishi yurishmagan, qo‘lidan boshqa ish kelmaydi
Mana so‘nggi 4 oydan beri O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalaridan birida faoliyat yuritib kelmoqdaman. Undan avval Xitoyda deyarli 5 yil davomida ilmiy tadqiqot ishi bilan band bo‘ldim. Ayni vaqtda menda Xitoy va O‘zbekiston oliy ta’lim tizimini ich-ichidan solishtirish, bizdagi muammolarning qayerda ekanligini tushunish, ularni tashxislash imkoniyati mavjud.
Men ayni vaqtda O‘zbekistondagi oliy ta’limni borgan sari botqoqqa botib borayotgan tuzilmaga o‘xshataman. Chunki botqoqlikka tushib qolganda qancha ko‘p harakat qilsangiz shuncha ko‘p botqoqqa botib boraverasiz. Sizni tashqaridan bir kuch kelib sug‘irib olmasa o‘zingiz hech qachon botqoqdan chiqib keta olmaysiz. Oliy ta’lim tizimimiz ayni vaqtda mana shunday holatda ketmoqda.
Men oliy ta’limdagi faoliyatni ikki qismga ajrataman: ilmiy tadqiqot va o‘quv jarayonlari. Ilmiy tadqiqot ishida oliy ta’lim professor-o‘qituvchilari o‘z sohasi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanadi, sohasining mavjud muammolariga ilmiy asoslangan yechim izlaydi. Bu borada maqolalar chop etadi, turli ilmiy anjumanlarda ishtirok etadi, sohasi bo‘yicha ma’lumotlarni saralab, tizimlab o‘quv qo‘llanma yoki darslik ko‘rinishiga keltiradi va hokazo. O‘quv jarayonida esa oliy ta’lim muassasasidagi talabalarga ma’lum fanlardan dars beradi. Ularning kelajakda ma’lum bir mutaxassislik bo‘yicha ixtisoslashuviga ko‘maklashadi. Lekin ayni vaqtdagi oliy ta’lim tizimi ushbu ikki funksiyaning har ikkisini ham uddalay olmayapti. Nega? Keling, muammoga sabab bo‘layotgan omillarni bir chetdan sanab o‘taylik. Men bu yerda o‘zimning subyektiv qarashlarimdan kelib chiqqan holda yozaman. Men sanagan omillar boshqa bir mutaxassisning fikr va qarashlaridan farq qilishi mumkin.
Xullas, eng dastlabki omil bu universitetlarning karvon saroyga aylanib qolgani. Qo‘polroq qilib tushuntiraman: ishi yurishmagan, qo‘lidan boshqa ish kelmaydigan, falonchining falonchisi, qisqasi, ilm-fandan ming kilometr uzoqlikdagi kimsa borki, bemalol universitetga ishga kira oladi. O‘zining bilimi haminqadar, pedagoglik mahoratidan tug‘ma movusolar borki, barchasi oliy ta’lim muassasalarida yig‘ilib qolgan. Ha desa "eplab ketadi, boshida o‘zi hamma qiynaladi, falon-piston". Nima oliy ta’lim katta xolasining uyimi? Nega oliy ta’limga kadrlar saralanib ishga qabul qilinmaydi. Nega bu borada hech qanday tizim yo‘q? Nega istalgan odam oliy ta’limga ishga kira oladi? Na o‘z fanini tuzuk-quruq biladi, na biror chet tilini biladi, na ilmiy tadqiqot nimaligini tushunadi, na bir maqola yoza oladi yoki o‘qiy oladi. Nima qilmoqda bunday kadrlar oliy ta’limda? Bu kabi noshudlar armiyasi bilan oliy ta’limni o‘n yil tugul yuz yilda ham rivojlantira olmaymiz.Oliy ta’limni botqoqqa botirayotgan ikkinchi eng katta omil bu oliy ta’limdagi maqsadsiz, foydasiz qog‘ozbozlikning haddan tashqari ko‘pligidir. Ayni vaqtda oliy ta’lim muassasalari rahbar xodimlaridan tortib oddiy professor-o‘qituvchisigacha shu darajada bandki, o‘zining asosiy funksiyasi bo‘lgan ilm-fan va o‘quv jarayoni bilan shug‘ullanishga vaqti yo‘q. Vazirlik har kuni bir dunyo qanaqadir jadvallarni to‘ldirib berishni so‘raydi. Ayni vaqtda moda - laboratoriya jihozlari va shunga o‘xshash narsalarning ro‘yxatini so‘rash. Vaholanki so‘ralgan narsa hech qachon olib berilmaydi. Allaqachon ro‘yxat yozib beradigan o‘qituvchilar, kafedra mudirlari ham tushunib bo‘lgan bularning barchasi shunchaki qogo‘zbozlik ekanligini. Bo‘lmasa har 2-3 haftada ayni narsani so‘rashdan maqsad nima? Eng dahshat joyi to‘ldirib berilishi kerak bo‘lgan jadvallar 1-2 soat ichida to‘ldirib bering degan xati bilan keladi. Topshiriqni berayotgan kallasi katta vallomat bu yoqdagilar nima ish qilay ekan deb pashsha qo‘rib o‘tiradi deb o‘ylasa kerak-da. Yaqinda vazirlikdan bir xat keldi. U yerda texnikumlar uchun o‘quv qo‘llanma yozish tanlovida ishtirok etish uchun nomzod ko‘rsating degan mazmun bor. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgordan yoziladigan o‘quv qo‘llanmasining dasturi, mavzulari, ulardagi izchillik, birinchi bobning to‘liq yozilgan holati taqdim etilishi so‘ralgan. Muddat esa ikki kun)) Bu vaqtda faqatgina avvalgi tayyor narsalarni ko‘chirib berishga ulgurish mumkin xolos. Yangi narsa yozishga hech ham ulgurib bo‘lmaydi. Mana shu yerdan ham bilib olaverasiz, nega O‘zbekistondagi darsliklar bir ahvolda ekanligiga, chunki tepadagilar "senga bir hafta/bir oy muhlat, falon-falon darslik/o‘quv qo‘llanma yozasan" deb buyruq beradi. pastdagilar ham shunga mos qilib o‘xshatishadi. Ha o‘xshatishadi, chunki haqiqiy darslik yoki o‘quv qo‘llanma yozish uchun oylab vaqt sarflash, izlanish, ma’lumotlarni saralash, tizimlash, tartiblash kerak bo‘ladi.Undan ham qizig‘i ayni vaqtda oliy ta’lim muassasalariga o‘zi joylashgan viloyatlardagi ko‘rsatkichi past maktablar biriktirib berilgan. Vazifa esa oddiy - ko‘rsatkichlarni ko‘tarishga yordam berish. Bir qarashda mantiqan to‘g‘ri ishdek tuyuladi. Aslida esa unday emas. Oliy ta’limdagi xodimlarning ish yuklamasi o‘zi haddan ortiq bo‘lgan bir vaqtda maktablar bilan shug‘ullangani vaqtni qayerdan oladi? Hozir oliy ta’lim o‘qituvchilari maktablarning ko‘rsatkichlarini ko‘tarish bilan shug‘ullansa, o‘z-o‘zidan ma’lumki, ertaga vaqtida o‘z ishini qilmagani uchun oliy ta’limning ham ko‘rsatkichlari tusha boshlaydi. Ana unda oliy ta’limning ko‘rsatkichini yana boshqa bir tashkilot kelib ko‘tarishga yordam beradimi?Navbatdagi omil bu soxtakorlikning eng tepadan ma’qullanishi. Mana bu eng jirkanch, eng rasvo va eng dahshatli holat. Ayni vaqtda O‘zbekistondagi barcha universitetlarning professor-o‘qituvchilari 90% holatda plagiatorga aylanib bo‘lgan. Mavjud barcha "musor" jurnallar borki, ulardagi maqolalarni o‘zbeklar chop etadi. Birorta oliy ta’lim rahbari xodimlarini bundan qaytarmaydi. Chunki hammaga natija kerak, son kerak. Sifat bilan na vazirlikning, na oliy ta’lim muassasalarining ishi yo‘q. Agar mana shu gapimga vazirlik yoki biror oliy ta’lim muassasasi e’tiroz bildirsa, men buni isbotlab berishim mumkin. Google Scholar bo‘yicha oliy ta’lim muassasalaridagi aksariyat professor-o‘qituvchilarning h-indekslari 20 dan baland. Og‘zingiz ochilib qoladi. Lekin bu "daho"larni na Scopus, na Web of Science bazalari taniydi. Chunki aksariyat maqolalar soxta, pulini bersangiz istalgan axlat materialni "maqola" sifatida chop qilib beradigan "jurnal"larda chop etilgan. Maqolalarga iqtibos keltirish bo‘yicha haybarakallachilik ishlari haqida alohida post yozaman. Chop etilayotgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalarning ichini varaqlasangiz yig‘laysiz. Qisqasi o‘quv qo‘llanmalarning ichi bilan deyarli hech kim qiziqmaydi. Muhimi son kerak, chop etish kerak. Butun mamlakat son ortidan quvib yuribdi, buni esa vazirlikning o‘zi qo‘llab-quvvatlamoqda.Oliy ta’limni botqoqqa botirayotgan navbatdagi eng yirik omil bu talabalarni o‘qitishdagi butun dunyoda amal qilinadigan asosiy tamoyilning buzilganligidir. Bizdagi kredit-modul tizimi ham o‘zimizga xos. Na amma, na xola. Qisqasi o‘zimizga moslashtirilgan, avvalgi tizimning nomi o‘zgartirilgan va birozgina tahrirlangan versiyasi. Bizda talabalarga xuddi bog‘cha bolasiga qilingan muomala qilinadi. Men o‘zim 2012-2014 yillarda magistratura o‘qiyotganimda bizga ota-onalar majlisi qilingan. Tasavvur qilyapsizmi, magistraturada o‘qiydiganlarning aksariyati o‘zi o‘ta-ona, lekin ularning ota-onasini chaqirtirishgan. Mantiq qani? Odam qo‘liga pasport olganidan so‘ng o‘z hayotiga o‘zi ega bo‘lishi kerak emasmi? O‘z xatti-harakatiga o‘zi javob berishi kerak emasmi? Nega biz bolani katta bo‘lgani qo‘ymaymiz? Talaba fanni o‘zlashtira olmasa uni haydash muammo. Nega? Butun dunyoda tizim shunday, talaba o‘zlashtira olmadimi, kredit-modul tizimi bo‘yicha o‘sha fanni qayta o‘qiydi. To topshira olmaguncha o‘qiydi. Universitetlarning talabaga fanni bilmasa ham baho qo‘yib berish majburiyati yo‘q. Kuni kecha bitta talaba fanlardan yiqilgani uchun o‘ziga o‘t qo‘yib vafot etibdi. Men avvalo shu talabaning ota-onasiga achindim. Chunki farzand dog‘ini ko‘tarish oson emas. O‘sha talabaning o‘ziga o‘t qo‘yish keysi ortidan butun respublikadagi oliy ta’lim muassasalariga vazirlikning ichki topshirig‘i yuborildi. Nima emish talabalarni qoldirmaslik kerak emish. Iye, unaqa istalgan odamga baho qo‘yib, diplom beraveraylik. Ertaga alifni kaltak deydiganlarni mutaxassis sifatida bitirganimiz uchun kim javob beradi? Shuncha yil shunday qilganimiz kammi? Balki endi haqiqiy oliy ta’lim tamoyillariga amal qilib o‘qitarmiz? Bir narsani unutmaslik kerak, oliy ta’lim majburiy ta’lim emas. Hech kimni oliy ta’limga majburlab o‘qishga olib kelinmaydi. Hamma o‘zi o‘z ixtiyori bilan hujjat topshirib o‘qishga kiradi. Kirdimi endi o‘qisin. O‘qimadimi baho qo‘yilmasin, fanni o‘zlashtirsin, o‘zlashtira olmadimi ketsin. Boshqa munosib bir odamning o‘rnini band qilib o‘tirmasin. Falon universitetda talab o‘zini yoqibdi, osibdi, derazadan tashlabdi deb fanni o‘zlashtirmagan talabaga baho qo‘yib berilishini talab etilishiga mutlaqo qarshiman. Hozir talabaga qancha ko‘ngilchanlik qilib, bilmasa ham mayli deb baho qo‘yib berilaverilsa ertaga bundan butun jamiyat aziyat chekadi. Vazirlik nega buni hisobga olmayapti? Yoki ochiqdan ochiq aytish kerak, bizda tizim shunaqa, o‘qimasa ham bitirtirib, diplom beramiz denglar. Ertaga nega talabang ishga kirmadi deb so‘rashni mana shu vazirlikning o‘zi esdan chiqarmaydi. Ha, yetarlicha mutaxassis bo‘lmasidan burun diplom berilganidan keyin mehnat bozoridan ish topish ham oson bo‘lmasligini vazirlik bilmaydimi?Nega talaba yaxshi o‘qitilmadi degan iddaoga birinchi omil javob. Xullas, bu borada aytadiganlarim juda ham ko‘p. Imkon topishim bilan yana yozaman. Chunki muammoni bartaraf etishdan avval uni aniqlash, batafsil gapirib, muhokama qilib olish kerak. Ana undan keyin yechim izlanadi.