Tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihoniga qachondan ro‘yxatdan o‘tish boshlanishi aytildi
01.03.2023 20:49

Ta'lim - barcha orzular eshigining kalitidir– Registon o‘quv markazi
2023-2024 o‘quv yili kirish imtihonlari boshlangunga qadar tarix va geografiya fanlaridan ham milliy sertifikat imtihonlari o‘tkazilishi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ma’lum qilindi.
- Ro‘yxatga olish: 24-apreldan 7-maygacha;
- Test sinovlari kuni: 21-may.
Milliy sertifikat egalari qanday imtiyozga ega bo‘ladi?
Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi. Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:
- 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;
- 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.
Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Joriy yilda majburiy blok fanlari 15 tadan bo‘ladimi yoki 10 tadan?
17.03.2023 23:34
Milliy sertifikat imtihon natijasi qanday hisoblanadi?
17.03.2023 23:32
Milliy sertifikat test savollari haqiqatan ham qiyinmi?
14.03.2023 00:34