Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Ta’til vaqtida o‘quvchilarning xulqi yuzasidan mas’uliyat ota-onalarga yuklanadi

30-oktabr 01:42
Ta’til vaqtida o‘quvchilarning xulqi yuzasidan mas’uliyat ota-onalarga yuklanadi

Maktab taʼtili davrida o‘quvchilarning taʼlim muassasasidan tashqaridagi xatti-harakatlari uchun javobgarlik bevosita ota-onalarga yuklatiladi. 2023-yil 27-iyunda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 190-sonli buyrugʻiga ko‘ra, ta’lim muassasasi hududidan tashqarida, jumladan ta’tilda, o‘quvchilar xulqi uchun qonunchilik bo‘yicha javobgarlik ota-onalar zimmasiga yuklatiladi. Bu tartibda sinf rahbarlari yoki maktab direktorining o‘rinbosarlari mas’uliyatga tortilmaydi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Oila kodeksi”ning 73-moddasida ham ota-onalar zimmasida farzandlarini tarbiyalash masʼuliyati aniq belgilangan. Bu huquqiy asoslarga ko‘ra, ota-onalar farzandlarining sog‘ligi, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishiga alohida e’tibor qaratishi lozim. Bu me’yorlar ota-onalarning farzandlar bilan ta’til davrida ham faol aloqada bo‘lishini va ularning xatti-harakatlari uchun to‘liq javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini ko‘zda tutadi.