Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

"Temurbeklar maktabi"ga qachondan o‘qishga kirish mumkin?

· Muallif: Ja'farxon Isaxonov

"Temurbeklar maktabi"ga 9-sinfni tugatgan, shahodatnomasi bor talabgorlar qabul qilinadi. O‘qish davri — 2 yil.

O‘quvchilar saralash asosida qabul qilinadi. Bu 3 ta imtihon: dastlabki tanlash, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat. Shuningdek, ular tibbiy ko‘rikdan ham o‘tkaziladi.

Ulardan diktant ham olinadi, yakkama-yakka suhbat o‘tkaziladi. Oxirida esa Bilimlarni baholash agentligi tomonidan 5-9-sinf darsliklari doirasida test sinovlari olinadi. Hammasidan o‘tganlar o‘qishga qabul qilinadi.