Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Texnikumlar uchun 311 ming kvota: 205 ming o‘rin grant asosida ajratildi

Bugun, 10:05
Texnikumlar uchun 311 ming kvota: 205 ming o‘rin grant asosida ajratildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yilida texnikumlar uchun qabul parametrlari rasman tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 599 ta texnikumga jami 311 009 nafar abituriyentni qabul qilish belgilandi. Qabul kunduzgi, kechki, sirtqi va dual ta’lim shakllarida, 370 ta kasb va mutaxassislik bo‘yicha amalga oshiriladi.

Umumiy qabul kvotalari:

  • Davlat granti asosida: 205 729 nafar

  • To‘lov-kontrakt asosida: 105 280 nafar

Shuningdek, xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan 14 ta texnikum uchun ham alohida e’tibor qaratildi — ularga 1 680 nafar o‘quvchini davlat granti asosida qabul qilish belgilandi.

Qabul sinflar kesimida:

9-sinf bitiruvchilari uchun:

  • 515 ta texnikum

  • Jami 139 245 ta kvota, to‘liq davlat granti asosida

11-sinf bitiruvchilari uchun:

  • 549 ta texnikum

  • Jami 171 764 ta kvota, shundan 66 484 tasi davlat granti asosida

Bu ko‘rsatkichlar kasb-hunar ta’limining qulayligi va yurtimizda ishbilarmon yoshlarni tayyorlash tizimi rivojlanayotganining isboti bo‘lib xizmat qiladi.