Tibbiyot yo‘nalishlaridan "super-kontrakt" olib tashlanishi mumkin
Abituriyentlar uchun onlayn testlar
➡️ DTM BLOK TESTLAR
Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov tibbiyot yo‘nalishlarida "super-kontrakt" bilan o‘qitishni bekor qilish bo‘yicha taklif ishlab chiqilib, hukumatga kiritilganini ma’lum qildi.
Vazirga ko‘ra, tibbiy ta’lim to‘la transformatsiya bo‘ladi. Bunda:
"Talaba endi ikki bosqichda imtihon topshiradi. Uchinchi kurs tugaganidan keyin fundamental fanlar bo‘yicha birinchi imtihonni topshiradi. Ushbu imtihonni o‘sha oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchilari emas, umuman boshqa tashkilot [vakillari] oladi. Fundamental fanlar imtihonidan o‘tgan talaba 4−5−6-kurslarda klinik fanlar bo‘yicha o‘qitiladi va keyin ikkinchi marta imtihon topshiradi. Talabaning ham fundamental, ham klinik fanlarni to‘liq xalqaro darajada egallaganidan keyin ishlashiga ruxsat beriladi".