Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Til sertifikatisiz chet tili yo‘nalishlariga topshirish mumkin emas

17-mart 03:32
Til sertifikatisiz chet tili yo‘nalishlariga topshirish mumkin emas

Til sertifikatisiz chet tili yo‘nalishlariga topshirish mumkin emas

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025/2026-o‘quv yili uchun chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy til sertifikati asosida amalga oshirilishini yana bir bor eslatmoqda.

Asosiy o‘zgarishlar:

🔹 Qonunchilikka muvofiq (PF-81, 24.05.2024-y.), chet tili birinchi fan sifatida belgilangan yo‘nalishlarga milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan abituriyentlar topshira olmaydi.

🔹 Ushbu yo‘nalishlarga qabulda chet tili bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilmaydi – abituriyentlar faqat sertifikat bilan hujjat topshirishi mumkin.

🔹 1-fan sifatida aniq tili ko‘rsatilgan (masalan, “Ingliz tili”) yo‘nalishlarga faqat shu til bo‘yicha sertifikat talab etiladi.

🔹 1-fan “Chet tili” deb belgilangan yo‘nalishlarga istalgan chet tilidan tasdiqlangan sertifikat taqdim etish kifoya qiladi.

Misollar:

1-fan “Ingliz tili” – Faqat ingliz tilidan sertifikat kerak, boshqa tillardan sertifikat qabul qilinmaydi.

1-fan “Chet tili” – Har qanday tasdiqlangan chet tilidan olingan sertifikat mos keladi.

📌 Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bilan bu yerda tanishing: Lex.uz hujjati