Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Toshkent davlat stomatologiya institutining Ispaniyada filiali tashkil etildi

21.12.2020 15:47
Toshkent davlat stomatologiya institutining Ispaniyada filiali tashkil etildi

18 dekabr kuni Ispaniyaning Palma de Mayorka provinsiyasi rahbariyati, Ispaniyaning sog‘liqni saqlash vazirligi, Balear universiteti hamda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda mazkur kelishuv imzolandi.

Ushbu hamkorlik doirasida har ikkala OTM tomonidan har yili 30 nafar pedagoglar dars mashg‘ulotlariga jalb etilishi, stomatologiyaning 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha ispaniyalik mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirishlari uchun kurslarda o‘qitishga kelishib olindi.

Shuningdek, 2021 yildan 100 nafar ispaniyalik talaba stomatologiya yo‘nalishi bo‘yicha malaka kurslariga qabul qilinadi va ispaniyalik bemorlarga O‘zbekistondagi tibbiy turizm tizimi salohiyatidan foydalanishga sharoit yaratish kabi yo‘nalishlar belgilab olindi.

Ma’lumot o‘rnida: Ispaniyaning Balear universiteti 1978 tashkil etilgan. Bugungi kunda 18.000 ziyod talabalar ta’lim oladi.