Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.X. fuqaro J.R.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki xorijiy davlat oliy o‘quv yurtining 1-bosqichini tamomlaganligi to‘g‘risida hujjatlarni tayyorlab berib, ushbu hujjat yordamida o‘qishni ko‘chirish yo‘li bilan Toshkent tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 75 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.