Toshkentda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi – Hukumat qarori loyihasi
22.08.2023 10:39

Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi negizida tashkil etilayotgan Hamshiralar akademiyasi davlat oliy ta‘lim muassasasi hisoblanadi.
Loyihaga ko‘ra 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab, tibbiyot sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda hamshiralar taʼlim tizimini tubdan transformatsiya qilish maqsadida quyidagilar kiritiladi:
- Oʻqish muddati ikki yillik birlamchi tibbiyot muassasalari uchun “Umumiy amaliyot hamshira”, “Patronaj hamshira”, “Tibbiy ijtimoiy ish”, “Tibbiy profilaktika ishi” xodimlari oʻqitiladi;
- Oʻqish muddati uch yillik “Ixtisoslashgan hamshira”lar tayyorlanadi. Ixtisosliklari boʻyicha “Feldsherlik ishi”, “Hamshiralik ishi”, “Funksional va laborator diagnostika ishi”, “Stomatologiya ishi”, “Farmatsiya” yoʻnalishlarida oʻqitiladi.
- Oʻqish muddati 4 yillik tibbiyot OTMlarida “Oliy hamshiralik ishi” mutaxassislari tayyorlanadi, Bunda JSST tavsiyalariga koʻra, toʻrt yil oʻqigan hamshiralarga “Hamshiralik ishi bakalavri” (Bachelor of Nursing, BN) yoki “Hamshiralik ilmiy bakalavri” (Bachelor of Science Nursing, BSN) unvoni beriladi.
- Oliy hamshiralik ishi magistratura (yoʻnalishlari boʻyicha)da taʼlimini davom ettirish, keyinchalik mustaqil ilmiy izlanuvchi (PhD, DSc) sifatida faoliyat olib borish imkoniyati va ilmiy unvon va lavozimga ega boʻlish huquqi beriladi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi
01.07.2023 19:13
Yangi oliygoh - Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga o‘qishga qabul tartibi qanday?
14.05.2023 18:31
Barcha tibbiyot kolleji va texnikumlarda xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etiladi
24.02.2023 01:16
O‘zbekistonda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi
13.01.2023 22:46