Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekiston: Mukofot jamg‘armasi 800 million so‘m bo‘lgan Tourism. The Path to innovation tanlovi e’lon qilindi!

19.05.2021 06:35
O‘zbekiston: Mukofot jamg‘armasi 800 million so‘m bo‘lgan Tourism. The Path to innovation tanlovi e’lon qilindi!

Muddati:

10.06.2021

Rasmiy havola:

it-park.uz

Grant turi:

Tanlovlar

“Tourism. The Path to innovation” loyihasi ikkinchi to‘lqinni boshlaydi!

IT Park O‘zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorligida “Tourism. The Path to innovation” sayyohlik tanlovining ikkinchi to‘lqini boshlaganini e’lon qildi. Unda ishtirokchilar turizm sohasidagi muammolarni hal qiladigan startap loyihalarni taqdim etishlari kerak.

Tanlovda kimlar qatnasha oladilar?

  • Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.

Tanlovning manfaatli tomonlari:

  • G‘oliblar turizm sohasidagi startap-loyihalar va innovatsion biznes g‘oyalar, shu jumladan birinchi navbatda turistlar uchun qulayliklar yaratishga yo‘naltirilgan axborot dasturlar va xizmatlarni taqdim etgan tanlov ishtirokchilari orasidan saralab olinadi. Ikkinchi to‘lqinning mukofot jamg‘armasi 800 000 000 so‘mni tashkil etadi.

Tanlovning o‘tkazilish tartibi:

Tanlov ikki bosqichda o‘tadi:

1-bosqich: 2021 yil 11 iyundan 30 iyungacha ariza beruvchining startap-loyihalari o‘rganib chiqiladi va saralanadi.

2-bosqich: 2021 yil 31 iyulga qadar 1-bosqich yakunlari bo‘yicha saralangan startap-loyihalar muallifi (ariza beruvchi) komissiya huzurida o‘z loyihalari taqdimotini o‘tkazadi va taqdimot natijasi bo‘yicha baholanadi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi bosqichda ishtirok etish uchun 218 ta ariza kelib tushgan, ulardan:

  • Toshkent: 95
  • Samarqand: 33
  • Buxoro: 16
  • Farg‘ona: 15
  • Jizzax: 19
  • Qashqadaryo: 11

Shu bilan birga, Surxondaryo, Navoiy, Andijon, Xorazm va O‘zbekistonning boshqa hududlaridan ham arizalar qabul qilingan. Ariza beruvchilarning o‘rtacha yoshi 29 yoshni ko‘rsatdi. Shu bilan birga, erkaklar mos ravishda 70% va ayollar 30%ni tashkil etdi.

Birinchi to‘lqin g‘oliblari jami 700 000 000 so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritishdi.

Tanlovning maqsadi:

“Tourism. The Path to innovation” tanlovi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasining salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar” farmoniga muvofiq O‘zbekistonda turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash, startaplar va turizm ekotizimini, shuningdek, mamlakatning ichki turizmini rivojlantirish hamda turizm sohasida yoshlar tashabbuslarini rivojlantirish uchun yuqori texnologiyali mahsulotlarni jalb qilish maqsadida tashkillashtirildi.

“Tourism. The Path to Innovation” — bu mamlakatimizning turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, turizm sohasidagi innovatsiyalarni joriy qilish, turistik salohiyatini oshirishga qaratilgan startaplar tanlovi.

Ro‘yxatdan o‘tish muddati:

Musobaqada qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish 10-maydan 10-iyungacha davom etadi.

Batafsil bu yerda