Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filialiga qabul boshlandi

Vaqtingizni devorga urib, undan eshik paydo qilishga sarflamang– Registon o‘quv markazi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning fevral oyida Turkiyaga tashrifi chog‘ida Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga muvofiq Toshkent shahrida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining filiali tashkil etildi.
Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filiali 2020-2021 o‘quv yilida ilk talabalarni qabul qiladi.
✅ Filial o‘z faoliyatini 2020 yil 14 sentyabrda quyidagi ikkita ta’lim yo‘nalishi bilan boshlaydi:
- Elektron tijorat va texnologiyalarni boshqarish;
- Xalqaro biznes va tadbirkorlik.
Arizalar 2020-yil 30-iyulgacha qabul qilinadi. Kirish imtihoni 2020-yil 15-avgustda bo‘lib o‘tadi.
Ariza shaklini ushbu manzildan olish mumkin
Qo‘shimcha savollar uchun: tashkent@etu.edu.tr