O‘zbekistondagi oliygohlar Top-1000 reytingga kirish uchun da’vogarlik qilmoqda
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – “Times Higher Education” agentligi o‘zining “World University Rankings – 2023” reyting natijalarini e’lon qildi.
Unda qayd etilishicha, joriy yilda O‘zbekistonning 18 ta oliy ta’lim muassasasi “reporter” maqomida qayd etildi va TOP-1000 talik reytingdan joy olish uchun da’vogarlar oliygohlar soni 10 tadan 28 taga yetdi.
Ta’kidlanishicha, ular orasida Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi 5 ta oliy ta’lim muassasasi ham o‘rin olgan (Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Toshkent davlat stomatologiya instituti, Toshkent farmasevtika instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti).
Qayd etish mumkin, ushbu reytingda universitetlarning 4 ta yo‘nalishdagi samaradorlik ko‘rsatkichlari baholangan: o‘qitish, tadqiqot, ta’lim sifati va xalqaro istiqbollar.
Mazkur 28 ta oliy ta’lim muassasasi “Times Higher Education”ning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yil ushbu reytingda 1 799 ta universitet qayd etildi, bundan tashqari 526 ta oliygoh “reporter”, ya’ni da’vogar universitetlar nominasiyasiga ega bo‘ldi.