Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat qanday qo‘llanadi?

07-iyul 15:24
Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat qanday qo‘llanadi?

Eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga milliy sertifikat taqdim etiladi. Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fanidan quyidagicha ball beriladi:

  • 60 foizdan 86 foizgacha — proporsional ball;
  • 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

Bunda abituriyent sertifikatdan mutaxassislik fani uchun foydalanish yoki foydalanmaslikni o‘zi tanlaydi:

  • foydalanaman deb tanlansa — abituriyent ushbu fandan test sinovida ishtirok etmaydi va unga tegishli (maksimal yoki proporsional) ball beriladi;
  • sertifikatdan foydalanish rad etilsa — sertifikatdagi ball inobatga olinmaydi va abituriyent ushbu fandan test sinovida ishtirok etadi.

Sertifikatdan foydalanishni tasdiqlash yoki rad etish faqatgina mutaxassislik fanlari uchun tegishli. Buni majburiy fanga hech qanday ta’siri yo‘q.

Abituriyentda majburiy fanlardan biri bo‘yicha sertifikat mavjud bo‘lsa, sertifikatdagi foizidan va undan foydalanishni tasdiqlagani yoki rad etganidan qat’iy nazar unga ushbu majburiy fandan maksimal ball beriladi.