Urgutda OTM tashkil etiladi

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSILSamarqand viloyati hokimining 2020 yil 1 iyuldagi qaroriga ko‘ra, Urgut tumanidagi iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji o‘rnida Samarqand davlat universitetining filiali tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Urgut tumani aholi soni bo‘yicha mamlakatimizda 1-o‘rinda turadi va bu yerda qariyb 600 ming odam yashaydi. Aholi soni ko‘pligiga qaramasdan bu tuman yoshlarining OTMga kirib o‘qish natijasi mamlakatda eng past ko‘rsatkichlarda bo‘lib kelyapti.
Bundan tashqari, qarorga ko‘ra Urgut tumanida faoliyat ko‘rsatgan Samarqand davlat universitetining 3-akademik litseyi joylashgan bino va inshootlar universitet huzurida aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan iqtidorli o‘quvchilar maktabini tashkil etish uchun ajratiladi.