AQSH: bakalavr bosqichida o‘qish uchun to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturi va tadqiqotlar uchun $12 000
Muddati:
01.11.2022
Davlat:
Amerika Qo‘shma Shtatlari
Rasmiy havola:
Grant turi:
Bakalavriatura
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
STAMPS SCHOLARSHIP - AQSHning Miami universitetida bakalavr bosqichida bepul o‘qish imkoniyatini beruvchi grant dasturi hisoblanadi. Grant dasturi uchun eng faol va a’lochi talabalar saralab olinadi.
Foydali tomonlari:
- Kontrakt to‘lovida to‘liq ozod etiladi;
- Bepul turar joy va oziq-ovqat beriladi;
- Tibbiy sug‘urtaga ega bo‘ladilar;
- Universitetda foydalanish uchun kitoblar, kompyuter bilan ta’minlanadi;
- Kelgusi tadqiqotlari uchun $12.000 miqdorda stipendiyaga ega bo‘lishlari mumkin.
Dasturning foydali tomonlari haqida batafsil ma’lumot SHU YERDA.
Talablar:
- Barcha millat vakillari topshirishlari mumkin;
- Nomzodlar maktab/litsey/kollejning oxirgi bosqichida tahsil olayotgan studentlarga beriladi;
- Nomzodlar Miami universitetining bakalavr bosqichiga ariza topshirgan bo‘lishi va universitet talablariga javob bera olishi lozim;
- SAT/ACT test natijalari agar mavjud bo‘lsa;
- IELTS 6.5 hamda shunga tenglashtirilgan boshqa turdagi imtixonlar;
- Umumiy ko‘rsatkichlari yaxshi bo‘lishi lozim (GPA 3.0/4.0 );
- (universitet talablari haqida batafsil ma’lumot SHU YERDA.
Ariza topshirish tartibi:
- Bakalavr bosqichi uchun ariza topshiriladi. Ariza topshirish narxi $70.
- Kollej/litsey diplomi yoki maktab attestati. Agar mavjud bo‘lsa yoki shu paytgacha olgan baholarini yuklab tursa ham bo‘ladi;
- SAT/ACT sertifikati hamda IELTS 6.5 ;
- Tavsiyanoma;
- Personal Statement;
- Mativatsiya xati;
- (BATAFSIL kerakli hujjatlar haqida bilib oling);
Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi lozim. Qolaversa, ishtirokchilar ariza topshirish jarayonida 250 so‘zdan iborat essay (insho) yozishlari so‘raladi. Saralanganlar intervyu topshiradilar va yakuniy natija mart oyida e’lon qilinadi.
Batafsil ma’lumot SHU YERDA
Qo‘shimcha savol va murojaatlar uchun:
admission@miami.edu yoki Tel: 305-284-6000