Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Uxlama abituriyent

11-iyun 18:36
Uxlama abituriyent

Hoy abituriyent uxlama,

Yengilmagin g‘aflatga.

Yaqin qoldi imtihon,

Qolib ketma kulfatga.

Ota-onang sen uchun,

Ishlamoqda tinmayin.

Uxlolmaydi tunlari,

Dam neligin bilmayin.

O‘ylayapsan o‘zingcha,

"Yiqilsam ne bo‘lardi,

Baxtimga dadam borku

Kontraktim to‘lardi".

Agar budjetga o‘tsang

Otang hafa bo‘larmu?

Yoki mushtipar onang

Baxtsiz bo‘lib qolarmu?

Yigitlar hayolingiz,

Olmoqda qizlar balki.

Qalamqoshlar, zebolar

Hoy-havasku shunchaki!

Hoy, uzunsoch ishonma,

Alpqomatning so‘ziga.

O‘qishga o‘tib ketsa,

Ko‘rinmaysan ko‘ziga.

O‘ylangiz imtixonni.

Keyin topib olarsiz,

Alpqomat-u, jononni!!!

To‘g‘ri vaqtimiz ham,

Oz qoldi o‘zi juda.

Shularni ham o‘ylab SIZ,

Vaqt o‘tkazmang bexuda.

Bilmingizga ishoning,

To‘ldiring kamingizni.

Axir birov (sizni) o‘ylamas,

Bilmaydi g‘amingizni.

Mehnat qilgan albatta,

Yetadi murodiga.

Rahmatlar keltiradi,

Avlod-u ajdodiga.

Hali ko‘o‘o‘p yozardimu,

Dars tayyorlash kerakda.

Shoirlik bir kasallik,

Bo‘sh vaqtda ermakda.

Xullas har biringizga,

OMAD tilab qolaman.

Inshaalloh sizlarni,

Poytaxtda kutvolaman!