UzbekVoice.ai, TTS Uzbekistan, UNDP, IT Park hamkorligida sovg‘ali konkurs
12.11.2021 17:25

O‘zbek nutqini kompyuterga o‘rgatish tashabbusi
Ovozni ilg‘ash tizimi moliya, transport, telekommunikatsiya, savdo, ta’lim va boshqa ko‘plab sohalarda keng qo‘llanadi.
Maqsad nima?
Dasturchi, tadqiqotchi, startaplarga ochiq va bepul ovoz ma’lumotlar ombori yetishmasligi katta muammo.
UzbekVoice.ai, TTS Uzbekistan, UNDP, IT Park hamkorligida sovg‘ali konkurs
O‘zbekcha nutqni tanib olish loyihasini ishlab chiqish, global miqyosda dasturiy mahsulotlarda foydalanishni ommalashtirish maqsadida ochiq manbali ovozlar bazasini yig‘ish yo‘lga qo‘yilgan.
Ijtimoiy loyiha Mozilla Common Voice loyihasini ommalashtirish, targ‘ib qilish, ovozlar sonini ko‘payishiga o‘z hissangizni qo‘shing.
Konkursda ovoz yozish va ovozni tekshirishda faol ishtirok etgan ishtirokchilar uchun sovg‘alar:
- Smatphone Xiaomi Redmi 9A;
- Smart Watch HW56;
- Power Bank;
- Hard Drive
Konkurs 10-dekabrga qadar davom etadi va natijalar e’lon qilinadi.
Loyihada ishtiork etish uchun shu yerga kirishi va keyin ro‘yxatdan o‘tish lozim