Ishga kirmagan bitiruvchisi ko‘p bo‘lsa, OTMni yopib yuborish mumkinmi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining ishga joylashmagan bitiruvchilari soni koʻp boʻlgan nodavlat OTM faoliyatini tugatish masalasi koʻrilishi haqidagi ogohlantirishi keng muhokamalarga sabab boʻldi.
Muhokamalar boshlanib ketgach, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi holatga munosabat bildirdi.
Kun.uz va Gazeta.uz bu haqida faollar va ekspetlarni fikrlari jamlangan maqolar e’lon qilishdi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, nodavlat oliy taʼlim tashkiloti litsenziyasini sud qarori bilangina bekor qilinishi mumkin.
Biron-bir huquqiy-me’yoriy hujjatda "ishga joylashmagan bitiruvchilari ko‘p nodavlat OTMlarnining sifatsiz ta’lim berayotgan muassasa deb topilishi va ular yopilishi mumkinligi" haqidagi me’yor mavjud emas.
Mamlakatimizdagi aksariyat nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari yangi tashkil qilingan va hali birinchi bitiruvchilarini chiqarguncha 3-4 yil muddat bor. Bundan tashqari, sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talablarning ko‘pchiligi ham ishlab, ham o‘qimoqda.
Shunday ekan, nodavlat oliygohlarda o‘qiyotgan talabalar xavotir olmasdan o‘qishlarini davom ettirishlari mumkin.