Ingliz tilidan B2 darajaga ega bo‘lganlarning xalqaro IT sohasida o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi
Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 17-fevraldagi 95-son qarori qabul qilindi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamlashtirish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 1-fevraldagi PQ–51-son qarorining 1-bandida xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qish hamda ushbu sertifikatlarni olish xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish tartibi va ingliz tilida B2 va undan yuqori darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlar olish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibi joriy etilishi belgilab berilgan edi.
Shu maqsadda Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, 1-martdan boshlab:
Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yoshlarning o‘qishi hamda ushbu sertifikatlarni olish uchun sarf qilgan xarajatlarining 60 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish tartibi belgilandi.
Shu bilan bir qatorda, ingliz tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajaga ega bo‘lgan yoshlarning professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatlarni olish hamda o‘qish xarajatlarini to‘liq qoplab berish tartibi belgilandi.
Bunda, yoshlar xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron tarzda ariza yuboradi.
Shuningdek, vakolatli organ tomonidan respublikada talab yuqori bo‘lgan xalqaro IT-sertifikatlar va ushbu sertifikatlarni taqdim etuvchi kompaniyalar ro‘yxati Global Knowledge kompaniyasi va boshqa xalqaro nufuzga ega tashkilotlar tomonidan har yili shakllantiriladigan xalqaro IT-sertifikatlar ro‘yxatidan kelib chiqib, ehtiyojlar o‘rgangan holda tasdiqlanadi.