Maktab

Xalqaro sertifikatga ega ustozlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan qariyb 8 200 nafarga oshgan – vazir

Xalqaro sertifikatga ega ustozlar soni joriy yilda o‘tgan yilgiga nisbatan 8 178 nafarga oshdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova bu haqda ma’lum qildi.

180 ko'rish

Xalqaro sertifikatga ega ustozlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan qariyb 8 200 nafarga oshgan – vazir

“Xalqaro sertifikatga ega ustozlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan qariyb 8 200 nafarga oshgan” – vazir

Joriy yilda xalqaro sertifikatga ega ustozlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 8 178 nafarga oshgan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Telegramdagi kanalida ma’lum qildi.

“O‘z ustida tinimsiz ishlayotgan, yuqori natijalarni qo‘lga kiritayotgan ustozlarimiz soni kundan-kunga oshib bormoqda va bu juda quvonarli holat. Bu — shunchaki raqamlar emas, ular ortida jonkuyar ustozlarimizning ulkan mehnati yotibdi. Ishonamanki, ushbu statistika bundan keyin ham faqat yuqorilaydi, keyingi yilda bundan ham balandroq natijalar qayd etamiz”, degan u o‘z munosabatida.

Ta’kidlash lozim, xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar 2023-yilda jami 19 629 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yilda 27 807 nafarga yetgan.

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish