Xotin-qizlar uchun beriladigan tavsiyanomaga ega abituriyentlar diqqatiga!
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2020-2021-o‘quv yili uchun xotin-qizlarga ajratilgan to‘rt foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, xotin-qizlar uchun oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakliga qo‘shimcha davlat granti asosida hududlar kesimida jami 940 ta kvota ajartilgan.
Shuningdek, mazkur bayon bilan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan 2020-yil 15-iyulga qadar tegishli tavsiyanomalarni xotin-qizlarga berish va 20-iyulga qadar tavsiyanoma berilgan talabgorlarning yakuniy ro‘yxati Davlat test markaziga taqdim etilishi belgilangan.
Ya’ni, tavsiyanomaga ega xotin-qizlar haqidagi ma’lumotlar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan Davlat test markaziga taqdim etiladi va mazkur ma’lumotlar asosida abituriyentlarga imtiyoz qo‘llaniladi.
Shuning uchun, bunday tavsiyanomaga ega abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tavsiyanoma ma’lumotlarini dasturga kiritmaydi.
Eslatib o‘tamiz, xotin-qizlar uchun qo‘shimcha kvota faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun ajratilgan bo‘lib, sirtqi va kechki ta’lim shakllari uchun tatbiq etilmaydi.