Abituriyent

Xususiy oliygohlarning lisenziyasi haqiqiyligini qayerdan tekshirsa bo‘ladi?

Xususiy oliygohlarning lisenziyasi haqiqiyligini tekshirish usullari: binoda lisenziya ko‘rish, konsalting firmalari orqali, QR kod skanerlash va license.gov.uz saytida reyestr bo‘limidan foydalanish.

474 ko'rish

Xususiy oliygohlarning lisenziyasi haqiqiyligini qayerdan tekshirsa bo‘ladi?

Javob:

Xususiy oliygohlarning lisenziyasi haqiqiyligini tekshirish uchun bir nechta usullar mavjud:

  1. Oliygoh binosida: Odatda oliygohlar lisenziyalarini binoning kirishi qismiga ilib qo‘yishadi.
  2. Konsaltinglar: Konsalting firmalari sizga lisenziyani elektron (PDF) shaklida yuborishlari yoki oflayn ko‘rsatishlari mumkin.
  3. QR kod: Lisenziyadagi QR kodni skaner qilish orqali hujjat ma’lumotlarini tekshirishingiz mumkin.
  4. Online tekshirish: License.gov.uz saytiga kirib, saytning "Reyestr" bo‘limida “Hujjat raqami”ga lisenziya raqamini (masalan, 123456) kiritish orqali lisenziyaning haqiqiyligini tekshirishingiz mumkin.

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish