Maktab

Yangi o‘quv yilidan sinf rahbarlari bilib olishi kerak

Yangi o‘quv yilidan sinf rahbarlari o‘quvchilarning shaxsiy yig‘ma jildi hujjatlarini qanday yuritishlari kerakligini bilib olishlari zarur. Hujjatlar ro‘yxati va saqlanish muddati haqida ma’lumot.

251 ko'rish

Yangi o‘quv yilidan sinf rahbarlari bilib olishi kerak

O‘quvchilarning shaxsiy yig‘ma jildi hujjatlari o‘quvchini maktabga qabul qilingan kunidan bitirguniga qadar yuritiladi. Unda quyidagi hujjatlar jamlanadi:

  1. Maktabga qabul qilish haqida ota-ona (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning arizasi;
  2. O‘quvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (pasport, ID-karta) nusxasi;
  3. Ota-onasi (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar)ning pasport (ID-karta) nusxalari;
  4. Tibbiy ma’lumotnoma;
  5. Baholar tabeli (10-11-sinf o‘quvchilari uchun 9-sinfda berilgan tayanch ma’lumot to‘g‘risida shahodatnoma).

Sinf rahbarlari uchun talablari

  • Yig‘ma jild yuritilishi: O‘quvchining shaxsiy yig‘ma jildi hujjatlari sinf rahbari tomonidan yuritilib, har o‘quv yili boshida xatlovdan o‘tkaziladi.
  • Saqlanish muddati: O‘quvchining shaxsiy yig‘ma jild hujjatlari o‘quvchi maktabni tamomlaganidan so‘ng 3 yil muddatda maktabda saqlanadi.

Ulashish

Aloqador maqolalar

↑↓ tanlashEnter ochishEsc yopish