Yangi xususiy universitet: "Sharq-University"ga litsenziya berildi

Yangi xususiy universitetga litsenziya berildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan "Sharq-University" MCHJga nodavlat oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya taqdim etildi. Litsenziya 25-fevral 2025-yilda berilgan va universitet chetlanmagan muddatga faoliyat yuritishi mumkin.
📍 Manzil: Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Vatan MFY, Alisher Navoiy ko‘chasi, 32-b-uy🏛 Faoliyat hududi: Universitet 4 ta manzilda ta’lim berish huquqiga ega
Kim tomonidan tashkil etilgan?
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, "Sharq-University" ning yagona ta’sischisi "Sharq Qurilish Servis" MCHJ hisoblanadi.
Bu yangi universitet O‘zbekistonning nodavlat oliy ta’lim muassasalari qatorini kengaytirib, talabalarga innovatsion va zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini taqdim etishi kutilmoqda.