Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt imkoniyati

17-iyul 17:56
Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt imkoniyati

Super-kontrakt imkoniyati

Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar o‘z xohishlariga ko‘ra, super-kontrakt asosida o‘qishlari mumkin.

Super-kontraktning miqdori quyidagicha:

  • 0.1 balldan — 1.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 1.5 barobarini to‘laydi
  • 1.1 balldan — 2.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2 barobarini to‘laydi
  • 2.1 balldan — 3.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 2.5 barobarini to‘laydi
  • 3.1 balldan — 4.0 ballgacha yetmasa oddiy kontraktning 3 barobarini to‘laydi

To‘lov-kontrakt minimal miqdori:

Agar 4.0 balldan ortiq ball yetmasa va u sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun 75.6 ball, boshqa yo‘nalishlar uchun 66.5 ball va undan ortiq ballni to‘plagan bo‘lsa, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorini to‘laydi. Bu miqdor yo‘nalishlarga qarab bazaviy kontraktning 8 barobardan 25 barobargacha belgilanishi mumkin.