Yoshlar daftariga kiritilgan xususiy oliygoh talabalarining to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Yoshlar daftariga kiritilgan xususiy oliygoh talabalarining 17 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar uchun to‘lov-kontrakt pullari to‘lanadi:
- Temir daftarga kiritilgan oila farzandi
- Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi
- Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi
- Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba
- Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlangan o‘quvchi-talaba
- Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlangan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi
- Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba
- Oilasi kam taʼminlangan talaba
Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:
- Bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida
- Magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.
Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (17.000.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Quyidagi toifalarga esa to‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish nazarda tutilmagan:
- Ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik
- Qo‘shma taʼlim dasturlari
- Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotgan talabalar