Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari

26-avgust 10:48
Yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari

2023-2024-o‘quv yili uchun Adliya vazirligining yuridik texnikumlariga kirish test sinovlari 2023-yil 29-30-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi va 2 smenada o‘tkaziladi.

Bunda test sinovlari:

1️⃣-smenada 09:00 dan 12:00 ga qadar;

2️⃣-smenada 15:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani (huquqshunoslik, chet tili) va 3 ta majburiy fan (ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi) dan o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 30 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, huquqshunoslik fanida har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 93 ball), chet tili fanida 2,1 balldan (jami 63 ball), majburiy fanlarda 1,1 balldan (jami 33 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga pasport (ID-karta) va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin kelishlari so‘raladi.

Teglar