Yuridik universitetga kirish imtihonlarida ayrim o‘zgarishlar bo‘ladi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Bugungi kunda Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kirishda abituriyentlar 2 ta bo‘limdan iborat 5 ta fan majmuasidan test sinovlari topshiradi. Bular:
- 1-bo‘limda barcha yo‘nalishlar uchun majburiy 3 ta fan – Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), Matematika va O‘zbekiston tarixi;
- 2-bo‘limda «yurisprudensiya» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2 ta fan – Tarix va Chet tili fanlari.
TDYuUga o‘qishga kirishda 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab test sinovlarining 2-bloki, ya’ni «yurisprudensiya» bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha tarix fani o‘rniga huquqiy fanlarni kiritish masalasi universitet Kengashida ko‘rib chiqildi va ma’qullandi.
Mazkur taklifning joriy etilishi bir qator ijobiy natijalarga xizmat qiladi, xususan:
● maktab yoshidanoq bolalarni huquqiy fanlarni chuqur o‘zlashtirishga, Konstitutsiya va qonunlarni puxta o‘rganishga;
● maktablarda sifatli, xalqaro standartlarga mos yuridik darsliklarning yaratilishiga;
● huquqshunoslik fanlaridan ta’lim beruvchi o‘qituvchilarga nisbatan qo‘yiladigan talablar oshishi natijasida ularning malakasini doimiy oshirib borishi uchun mustahkam zamin yaratiladi;
● TDYuUga dastlabki huquqiy bilimlarga ega yosh avlod vakillari kirib kelishiga erishiladi.
Ma’lumot uchun: bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 4 yil davomida yuqori sinflarda Davlat va huquq asoslari hamda Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanlari o‘qitib kelinmoqda. Test savollari ushbu darsliklar asosida tuziladi.