Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Andijonda xorijiy OTM filiali tashkil etildi. Qabul shu yildan boshlanadi

15.04.2021 16:09
Andijonda xorijiy  OTM filiali tashkil etildi. Qabul shu yildan boshlanadi

Andijonda “Collegium Humanum” Varshava menejment universitetining filiali tashkil etildi.

Filial nodavlat oliy taʼlim tashkiloti hisoblanadi. Filialda oʻqitish Varshava menejment universiteti tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va fan dasturlariga muvofiq kunduzgi taʼlim shaklida, ingliz, rus va oʻzbek tillarida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

🔺 Filialda taʼlim 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi va dastlabki bosqichda quyidagi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha talabalar qabul qilinadi:

✅ Moliya va buxgalteriya hisobi
✅ Transport va logistikada menejment
✅ Xalqaro biznes va marketing
✅ Turizm, mehmonxona ishi va umumiy ovqatlanishda menejment va marketing
✅ Kichik va oʻrta biznesni boshqarish;
✅ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

- Bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

Filialning har yilgi qabul parametrlarining 10 foizidan kam boʻlmagan qismi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli farzandlari orasidan tanlov asosida abituriyentlarni (Filial granti asosida) oʻqishga qabul qilish uchun ajratiladi, shuningdek, iqtidorli hamda oʻzlashtirish koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan talabalarga toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan 50 foizgacha chegirma beriladi.

Filialda taʼlim berish uchun 70 foizgacha malakali xorijiy professor-oʻqituvchilar Polsha Respublikasi va Yevropaning boshqa davlatlaridan jalb qilinadi.

Filial oʻz kampusi tashkil qilinguniga qadar Andijon viloyati, Asaka tumani, “Zarbdor” QFY, Ergashobod koʻchasi, 47-uy manzilida joylashgan Asaka agrotexnologiyalar texnikumi (sobiq Asaka oziq-ovqat texnologiyasi va sanoati kolleji) bino va inshootlarining bir qismida tekin foydalanish huquqi asosida vaqtinchalik joylashtiriladi.