Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Bu yil kirish imtihonlari qanday bo‘ladi?

27.12.2020 19:32
Bu yil kirish imtihonlari qanday bo‘ladi?

Jo‘riy yilda 5 ta fandan test bo‘lishi aniq, bu Prezident qarorida belgilangan. (O‘tgan yilgi pandemiya istisnosi sabab bekor qilindi degani, har yili shunday bo‘ladi degani emas.)

Majburiy fanlar bloki:

- Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

- Matematika - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan;

- O‘zbekiston tarixi - 15 ta savol, har biri uchun 2.1 balldan.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 94.5 ball.

Ona tili va O‘zbekiston tarixi fanidan xar bir savolga 1 daqiqagacha, matematikadan - 1,5 daqiqagacha vaqt ajratiladi.

Ta’lim yo‘nalishiga mos asosiy blokdagi fanlar (yo‘nalishiga qarab o‘zgaradi):

  • 1-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan;
  • 2-fan - 30 ta savol, har biri uchun 3.1 balldan.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 186 ball.

Asosiy blokdagi 2 ta fan uchun jami 2 soat vaqt beriladi.

Eng maksimal ball 280,5 ball bo‘ladi;

❗️Diqqat qiling!

Ayrim yo‘nalishlarda majburiy blokdagi fan bilan maxsus blokdagi fan bir xil bo‘lib qolishi mumkin. Masalan, matematika yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyent majburiy blokda ham, mutaxassislik blokida ham matematika fanidan test ishlaydi. Bu ikkalasining asosiy farqi —majburiy blokdagi savollarning barchasi soddalashtirilgan, eng oson darajada bo‘ladi, mutaxassislik blokidagi savollar esa turli murakkablikda (oson, o‘rtacha, qiyin) bo‘ladi;

5 ta fandan test bo‘lishga oid tartib, faqat davlat OTMlariga taalluqli. Shu paytgacha bo‘lgani kabi bu yangi tartib harbiy, diniy, xususiy, nodavlat va xorijiy OTMlarga aloqador emas.

- 3 ta majburiy fan magistratura uchun taalluqli emas.

- 3+2 ko‘rinishdagi ushbu tartib. bakalavriatning barcha ta’lim shakllari (kunduzgi, sirtqi, kechki) uchun birdek qo‘llanadi;

Majburiy blokda ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) fanidan tushadigan 15 ta savol ichida Adabiyot fanidan test savollari bo‘lmaydi.