Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Perevod bo‘yicha eng muhim ma’lumotlar. Transfer - 2021

22.08.2021 09:04
Perevod bo‘yicha eng muhim ma’lumotlar. Transfer - 2021

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-24-25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

✅ Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda tashkil etiladi va 23-avgust kuni 2-smenada boshlanib, 25-avgust kuni 1-smenada yakunlanadi. Bunda test sinovlari:

1-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2-smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkaziladi va talabgorlarga har bir mutaxassislik fanidan 30 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌 Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, birinchi mutaxassislik fani bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,2 balldan (jami 96 ball), ikkinchi mutaxassislik fani bo‘yicha esa 3,1 balldan (jami 93 ball) beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining transfer.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Eslatma: Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talabgorlar test sinovida ishtirok etmaydi va ularga Davlat test markazi tomonidan ruxsatnoma berilmaydi. Ular uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan va test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar 87 486 nafarni tashkil etgan bo‘lib, ularning ma’lumotlari Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga joylashtirildi. mandat.dtm.uz sayti orqali qaysi yo‘nalishga qancha talabgor o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza bilan murojaat etganligini va har bir ta’lim yo‘nalishi uchun o‘tish bali qanchani tashkil etishini ko‘rish mumkin.

Shuningdek, talabgorlar test sinovlari o‘tkazilgandan so‘ng mazkur sayt orqali o‘z natijalarini ham bilishlari mumkin bo‘ladi.

Eslatma: Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talabgorlar uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilishi va Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkazilmasligi sababli mandat.dtm.uz saytiga ularning ma’lumotlari joylashtirilmagan.

Ma’lumot uchun, xorijiy OTM, shuningdek, O‘zbekistondagi filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini ko‘chirishda quyidagi o‘tish ballari belgilangan:

  • Toshkent davlat yuridik universiteti uchun — 105,84 ball;
  • Toshkent davlat transport universiteti uchun — 104 ball;
  • Tibbiyot OTMlari uchun — 100 ball;
  • Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti — 100 ball;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti uchun — 80 ball;
  • Milliy rassomlik va dizayn instituti — 70,56 ball;
  • Oliy ta’lim vazirligi tizimidagi OTM uchun — 66,1 ball;
  • Navoiy davlat konchilik instituti va uning Nukus filiali uchun — 66,1 ball.
  • Toshkent davlat agrar universiteti hamda Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun — 66,1 ball;
  • Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va uning filiallari uchun — 56,7 ball;
  • Toshkent davlat agrar universitetining filiallari hamda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun — 56,7 ball;
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti filiallari uchun — 56,7 ball.