Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Oliy ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qishni ko‘chirish tartibi

· Muallif: Ja'farxon Isaxonov
Oliy ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qishni ko‘chirish tartibi

Oliy ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qishni ko‘chirish tartibi

Talabalar oliy ta’lim muassasalarida turli ta’lim shakllarida tahsil olishlari mumkin. Biroq, ba’zi ta’lim shakllaridan boshqasiga o‘tish mumkin bo‘lsa, ayrim holatlarda bunga ruxsat berilmaydi. Quyida kunduzgi, sirtqi, kechki, maxsus sirtqi va qo‘shma ta’lim dasturlaridan o‘qishni ko‘chirish imkoniyatlari batafsil yoritilgan.

Kunduzgi ta’lim shaklidan o‘qishni ko‘chirish

  • Kunduzgiga – mumkin
  • Sirtqiga – mumkin
  • Kechkiga – mumkin
  • Maxsus sirtqiga – mumkin emas
  • Qo‘shma ta’lim dasturiga – mumkin emas

Sirtqi ta’lim shaklidan o‘qishni ko‘chirish

  • Kunduzgiga – mumkin
  • Sirtqiga – mumkin
  • Kechkiga – mumkin
  • Maxsus sirtqiga – mumkin emas
  • Qo‘shma ta’lim dasturiga – mumkin emas

Kechki ta’lim shaklidan o‘qishni ko‘chirish

  • Kunduzgiga – mumkin
  • Sirtqiga – mumkin emas
  • Kechkiga – bir ta’lim sohasi doirasida mumkin
  • Maxsus sirtqiga – mumkin emas
  • Qo‘shma ta’lim dasturiga – mumkin emas

Maxsus sirtqi ta’lim shaklidan o‘qishni ko‘chirish

  • Kunduzgiga – mumkin
  • Sirtqiga – mumkin emas
  • Kechkiga – mumkin
  • Maxsus sirtqiga – mumkin
  • Qo‘shma ta’lim dasturiga – mumkin emas

Qo‘shma ta’lim dasturlaridan o‘qishni ko‘chirish

  • Kunduzgiga – mumkin emas
  • Sirtqiga – mumkin emas
  • Kechkiga – mumkin emas
  • Maxsus sirtqiga – mumkin emas
  • Qo‘shma ta’lim dasturiga – faqat tiklangan holatda mumkin

Muhim eslatma

  • Xorijiy oliy ta’lim muassasalarida masofaviy ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chira olmaydi.
  • Talabalar o‘qishni ko‘chirish uchun tegishli universitet qoidalari va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi belgilagan tartiblarni inobatga olishlari lozim.