Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Janubiy Koreada top universitetlarning birida (MA) magistratura va (PhD)doktorantura kurslari uchun 100% lik grant dasturi

22.08.2021 16:24
Janubiy Koreada top universitetlarning birida (MA) magistratura va (PhD)doktorantura kurslari uchun 100% lik grant dasturi

Muddati:

15.10.2021

Davlat:

Janubiy Koreya

Rasmiy havola:

www.gist.ac.kr

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura

Umumiy Ma’lumotlar:

Janubiy Koreadagi Top universitetlarning bir-Gwangju Institute of Science and Technology (GIST) universiteti ma’muriyati (MA) magistratura va (PhD) doktorantura bosqichlari uchun barcha xarajatlar qoplanadigan 100% lik grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur asosan (IT) axborot texnologiyalar yo‘nalishida tahsil olgan talabalar uchun. Jami ajratilgan grantlar soni 300 ga yaqin.

Grantning Manfaatli jihatlari:

  • Kontrakt to‘lovi 100% qoplab beriladi;
  • Magistratura bosqich talabalari uchun oylik stipendiya140,000 Won(120$) tayinlanadi;
  • Doktorantura bosqichi talabalari uchun oylik stipendiya 295,000 Won) (210$) tayinlanadi;
  • Oziq-ovqat xarajatlari uchun alohida 85$ ajratiladi(Talabalar ushbu grantni olish uchun oldingi semestrda 9 ta kreditga ega bo‘lishi lozim );
  • Oldingi semestrni 4.5 ballik sistemada kamida 3.0 ballni qo‘lga kiritgan talabalarga qo‘shimcha yana 100$ beriladi.;

Ilmiy loyihalar olib borayotgan talabalar uchun:

  1. Magistratura bosqich talabalari uchun o‘rtacha 4.100$ bir martalik mablag‘;
  2. Doktorantura bosqich talabalari uchun o‘rtacha 10.500$ bir martalik mablag‘;
  • Bir martalik Janubiy Koreaga kelish chiptasi qoplab beriladi;
  • 80% tibbiy sug‘urta puli qoplab beriladi;
  • Har yilgi bir martalik tibbiy ko‘rik;

Dastur uchun kerakli hujjatlar:

  1. Dastlab ushbu dastur uchun onlayn ariza topshirish zarur
  2. Diplom va baholar daftarchasi (Notariusdan tasdiqlangan bo‘lishi kerak) ;
  3. Passport nusxasi;
  4. Til bilish sertifikati( TOEFL (BT) 80 / TOEFL (PBT) 550 / IELTS 6.5 / TOEIC 750 / NEW TEPS 327);

Muhim: Dasturga qabul qilingan nomzodlar 680,000 KRW ($571) miqdorda bir martalik pulni to‘lashlari kerak. Moliyaviy tomondan muhtoj bo‘lgan talabalar ushbu pulni to‘lay olmasliklarini ma’lum qilgan holda boshqa talablarni bajarishlari kerak.