Magistraturaga kirish uchun IELTS 4.5 yoki B1 yetarli!

Magistraturaga kirish uchun IELTS 4.5 yoki B1 yetarli!
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab, magistratura va doktoранturaga kirish uchun chet tili bilish sertifikati talab etiladi. Prezidentning tegishli qaroriga (manba) ko‘ra, turli yo‘nalishlar bo‘yicha minimal talab etiladigan darajalar quyidagicha belgilangan:
- Xorijiy tillar yo‘nalishlari – kamida C1 daraja
- Gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va ta’lim sohalari – kamida B2 daraja
- Boshqa sohalar, shuningdek, madaniyat va sport mutaxassisliklari – kamida B1 daraja (IELTS 4.5 darajasiga teng)
Bu shuni anglatadiki, ba’zi sohalar uchun magistraturaga kirishda chet tili bo‘yicha B1 daraja yetarli bo‘ladi.
Nega bu muhim?
- Talabalarning til bilish darajasi oshiriladi
- Xalqaro ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etish imkoniyati kengayadi
- Chet tili imtihoni o‘rniga sertifikat bilan kirish imkoniyati yaratiladi
Magistratura va doktoранturaga kirishni rejalashtirayotganlar uchun chet tili sertifikatiga oldindan tayyorgarlik ko‘rish tavsiya etiladi.