Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

University of Hong Kong (Fully funded Scholarship) tomonidan (BA)bakalavriat bosqichi uchun 100% grant dasturi

21.08.2021 22:29
University of Hong Kong (Fully funded Scholarship) tomonidan (BA)bakalavriat bosqichi uchun 100% grant dasturi

Muddati:

15.11.2021

Davlat:

Xitoy

Rasmiy havola:

www.cityu.edu.hk

Grant turi:

Bakalavriatura

Umumiy Ma’lumotlar.

Dunyoda Top 100 talikka kirgan universitetlardan biri-City University of Hong Kong-universiteti yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan hamda ushbu universitetga qabul qilingan xorijiy talabalarni moddiy jihatdan qo‘llab quvvatlash maqsadida "Entrance Scholarship Scheme" grant dasturlarini e’lon qildi.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

  • IELTS darajasi kamida 6.5 yoki TOEFL iBT 79 yoki shu darajaga teng xalqaro til sertifikatiga ega boʻlish kerak.
  • 12 yillik taʼlim bosqichini (boshlangʻich va oʻrta/oʻrta-maxsus taʼlim) bitirgan boʻlishi yoki oʻqish boshlangunicha bitirishi kerak.

Grantning manfaatli tomonlari: Universitetga qabul qilingan talabalar uchun "Entrance Scholarship Scheme" dasturi 3 turdagi grantlarni talabalarga taqdim etadi:

  • Top Scholarship-bu kontrak to‘lovi, yotoqxona hamda yashash xarajatlari qoplanadi (taxminan 23 000 AQSH dollari miqdorida bo‘ladi);
  • Full Tuition Scholarship-Yillik kontrak to‘lovi (taxminan 18 000 AQSH dollori);
  • Half Tuition Scholarship-Yarim yillik kontrak to‘lovi(taxminan 9000 AQSH dollori) ni o‘z ichiga oladi;

Muhim: Nomzodlar ushbu grantlar uchun alohida ariza topshirmaydilar.Tegishli grant dasturi talabaning ega bo‘lgan imtiyozlari hamda akademik ko‘rsatkichlariga ko‘ra beriladi.Ushbu grantni qo‘lga kiritgan talabaning akademik ko‘rsatkichlari yuqori yani GPA 3.4 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.Hamda grantni keyingi yilga ham saqlab qolish uchun ushbu ko‘rsatkichlar tushmasligi lozim. City University of Hong Kong-universitetiga qabul har yili sentabr oyining oxirgi haftasida boshlanib 15 noyabrgacha davom etadi.

Dasturga qabul jarayoni:

  • Ushbu havola orqali batafsil kerakli hujjatlar va talablar bilan tanishib chiqishinggiz mumkin.
  • Xalqaro nomzodlar uchun namunaviy ariza shakli Pdf formatda

Batafsil - http://www.cityu.edu.hk/international/udgadmission_scholarship.htm