Oliygoh.uz Aniq maqsad - g'alabaga yetaklaydi

O‘quv yili masofaviy boshlanadi. An’anaviy ta’limga taxminan qachon qaytilishi aytildi

07-avgust 09:54
O‘quv yili masofaviy boshlanadi. An’anaviy ta’limga taxminan qachon qaytilishi aytildi

Oliy ta’limda yangi o‘quv yili masofaviy tarzda boshlanadi. Oktyabrdan keyin an’anaviy ta’lim boshlanishi mumkin.

Sentyabr oyidan boshlab yuqori bosqich (ikkinchi bosqichdan boshlab) talabalari uchun o‘qish onlayn tarzda boshlanadi. Bu haqda Respublika Oliy ta’lim kengashi raisi O‘ktam Umurzoqov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

“Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalasi ham juda murakkab bo‘lib turibdi. Mart oyidan buyon biz onlayn tizimida darslarni o‘tkazyapmiz, lekin xohlaymizmi, xohlamaymizmi, onlayn tizimi odatiy, yuzma-yuz dars o‘tish tizimining o‘rnini bosa olmaydi. Hozircha sentyabr oyidan boshlab 2, 3 va 4-kurs talabalariga o‘qishni onlayn tarzda boshlaymiz, oktyabr oyida 1-kurslarni ham qabul qilib olganimizdan keyin pandemiya sal yumshasa, unda balki an’anaviy tizimga yana qaytarmiz”, dedi O‘ktam Umurzoqov.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda OTMga kirish imtihonlari stadionlarda ikki smenada o‘tkaziladi. imtihonlar 12-14 kun davom etishi rejalashtirilyapti.