IELTS va boshqa xalqaro imtihonlarda yuqori ball olganlarga xarajatlari qoplab berishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini to‘liq qoplab berishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi - Oliygoh.uz
Reglamentga ko‘ra, xalqaro imtihonlarda yuqori ball olgan yoshlar imtihon xarajatlarini qoplab berish uchun sertifikat olganidan 180 kunda davlat xizmatlari markazlariga yoki YAIDXP orqali (my.gov.uz) murojaat qiladi.
DXM 10 daqiqada, YAIDXP orqali esa avtomatik tarzda hujjatlar Yoshlar ishlari agentligiga yuboriladi.
Agentlik 15 kunda arizachining sertifikatini verifikatsiyadan o‘tkazadi.
Sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlash imkoni bo‘lmasa, Agentlik 30 kunda maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlashni so‘rab xorijiy tashkilotga so‘rov yuboradi.
Sertifikat haqiqiyligi tasdiqlanganda 15 kunda kompensatsiya mablag‘lari Agentlik tomonidan Xalq bankiga o‘tkaziladi va ariza beruvchiga SMS xabar yuboriladi.
Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmaganda ariza beruvchiga SMS xabar yuboriladi.
Ariza beruvchi Xalq bankiga murojaat qiladi va kompensatsiya to‘lovlarini oladi.