AQSHda o‘qish uchun grant turlari: qaysi biri sizga mos?

Talabalik Nordikdan boshlanadi!
➡️ BATAFSILAQSH universitetlarida o‘qishni rejalashtirayotgan abituriyentlar uchun turli turdagi grantlar mavjud. Bu grantlar to‘liq yoki qisman shaklda bo‘lishi mumkin va ular odatda 6 asosiy turga bo‘linadi.
1. Ko‘rsatkichlarga asoslangan grantlar (Merit-based scholarships)
Bu grantlar talabaning:
-
Akademik yutuqlari (a’lo baholar, SAT/ACT ballari),
-
Jamiyatga qo‘shgan hissasi va darsdan tashqari faoliyati,
-
Sportdagi yutuqlari asosida ajratiladi.
Ular quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi:
-
Academic Scholarships
-
Average Academic Performance Scholarships
-
Sports Scholarships
2. Moliyaviy ehtiyojga asoslangan grantlar (Need-based scholarships)
Moliyaviy imkoniyatlari cheklangan talabalar uchun ajratiladi. Bu grantlar o‘qish, turar joy va boshqa xarajatlarni qoplashga yordam beradi.
3. Mamlakatga asoslangan grantlar (Country-based scholarships)
Bu grantlar rivojlanayotgan davlatlar fuqarolariga mo‘ljallangan bo‘lib, xalqaro talabalarni rag‘batlantirish maqsadida ajratiladi.
4. Universitet grantlari
AQSHdagi ko‘plab universitetlar o‘zlari uchun maxsus mezonlar asosida grantlar ajratadi. Masalan:
-
Ma’lum bir sohaga oid iqtidorli talabalar,
-
Eng yuqori ball to‘plagan nomzodlar,
-
Universitet strategiyasiga mos keladigan abituriyentlar.
Bunday grantlar haqida universitetning rasmiy saytida "Financial Aid" yoki "Scholarships" bo‘limidan ma’lumot topish mumkin.
5. Xususiy sektor grantlari
Turli kompaniyalar va notijorat tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladi. Odatda, ular:
-
Muayyan guruh vakillari (masalan, ayollar, rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari),
-
Maxsus ijtimoiy yoki ilmiy sohalarda faol talabalar uchun taqdim etiladi.
6. AQSH hukumati grantlari
Eng mashhur va nufuzli grant turlari hisoblanadi. Masalan:
-
Fulbright dasturi – magistratura uchun to‘liq grant, oylik stipendiya, aviachiptalar va boshqa xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
Qanday qilib grantlar haqida ma’lumot topsa bo‘ladi?
Har bir universitetning rasmiy saytiga kirib:
-
“Financial Aid”
-
“Scholarships”
-
“Admission and Aid”
kabi bo‘limlardan kerakli ma’lumotlarni olish mumkin.