Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Vazir jamg‘armasidan ustama olishning yangi qoidalari belgilandi

10-aprel 17:47
Vazir jamg‘armasidan ustama olishning yangi qoidalari belgilandi

Pedagoglar uchun vazir jamg‘armasidan ustama olishning yangi tartibi

Vazirlar Mahkamasi qarori asosida pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag‘batlantirish tizimida muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi. Endilikda vazir jamg‘armasidan ustama olish tartibi soddalashtirildi va adolatli mezonlar asosida belgilandi.

Vazir jamg‘armasi bo‘yicha yangiliklar:

  • Endi har oylik ustama olish uchun hududiy kengash tavsiyasi talab etilmaydi.

  • Barcha fan o‘qituvchilari, jumladan MTT (maktabgacha ta’lim) tarbiyachilari ham sirtqi sonda qatnashib, ustamaga da’vogarlik qilishi mumkin.

  • Raqobat va sinov natijasi asosida ustama belgilanadi.

Mavjud ustama miqdorlari:

  • Oliy va birinchi malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagoglarga tarif stavkasining 70% gacha qo‘shimcha haq to‘lanadi.

  • Bu ustama malaqa toifa test sinovlarining ikkala bosqichidan o‘tib, 86 va undan yuqori ball to‘plaganlarga beriladi.

Attestatsiyadan ozod etiladigan pedagoglar:

  • Agar pedagog Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan berilgan fan bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lsa, u holda u mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha majburiy attestatsiyaning 1-bosqichidan ozod etiladi.