1-kurslarni kutayotgan yangi tizim: faqat 1 yillik grant bilan talaba bo‘lishadi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti faqat bir o‘quv yili uchun ajratiladi. Bu yangi tizim talabalarning grant asosida o‘qishni davom ettirishi uchun o‘z bilimlari va faoliyatlarini har yili qayta isbotlashlarini talab qiladi.
Birinchi kursda ta’lim granti oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq, kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi. Ammo ikkinchi va undan keyingi kurslarda ta’lim granti yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi.
Shuningdek, ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi. Bu esa, talabalarning har yili o‘z bilim va ijtimoiy faolliklarini namoyish qilishlarini talab qiladi.
Ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga esa davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi, ya’ni bu talabalar o‘z grantlarini butun o‘qish davri davomida saqlab qolishadi.