Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

"Perevodchilar" qachon super-kontraktga ariza topshirishi mumkin?

08-sentabr 18:00

Ayni vaqtda kontrakt.edu.uz sayti orqali abituriyentlar super-kontrakt uchun onlayn ariza yuborish imkoniyatiga ega va arizalar qabul qilinmoqda. Biroq, o‘qishini super-kontrakt asosida ko‘chirmoqchi bo‘lgan "perevodchilar" uchun ariza berish imkoniyati hali yaratilmagan.

Hozirgi paytda sayt 100% to‘liq ishlamayapti va ayrim texnik kamchiliklar kuzatilmoqda. Jumladan, super-kontrakt narxlari hisoblashda chalkashliklar paydo bo‘lmoqda. Shu sababli, "perevodchilar" uchun super-kontraktga ariza berish imkoniyati keyinroqqa surilishi haqida ma’lumot berilgan.

Super-kontrakt asosida o‘qishini ko‘chirishni rejalashtirayotganlar uchun tavsiya: yangiliklarni diqqat bilan kuzatib borish va saytning to‘liq ishlashini kutish lozim.