Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Chet tilini bilish sertifikati harbiy OTMlar uchun amal qiladimi? - DTM izohi

30.05.2021 11:40
Chet tilini bilish sertifikati harbiy OTMlar uchun amal qiladimi? - DTM izohi

Chet tilini bilish bo‘yicha B2 va undan yuqori malaka sertifikati olgan shaxslar harbiy bilim yurtlariga hujjat topshirmoqchi bo‘lsa, bu sertifikatlar imtihonda amal qilish-qilmasligini o‘sha bilim yurtidan so‘rab olishlari lozim - DTM rasmiysi.

«Chet tilini bilish malaka sertifikatlari harbiy bo‘lmagan OTMlarning barchasiga o‘tadi. Agar chet tili u tanlagan yo‘nalishga mos bo‘lsa va fanlar majmuasida bo‘lsa, unga maksimal ball beriladi.

Lekin harbiy OTMlarda bu sertifikat ba’zilarida o‘tadi va aksincha ba’zilarida o‘tmasligi mumkin. Tavsiya qilgan bo‘lardikki, harbiy OTMlarga o‘qishga topshirmoqchi bo‘lganlar o‘sha oliygohdan bilib olishlari kerak.

Bu umumiy emas, har birida o‘ziga xos tartib amal qiladi», – Markaz boshqarma boshlig‘i Javlonbek Nurmatov